Yuksak marralarni ko`zlagan yoshlar

Mamlakatimiz umumta'lim maktablari
o`quvchilarining "Umid nihollari - 2012" sport musobaqalari respublika
bosqichi boshlanishiga oz fursat qolmoqda. Navoiy viloyatida bo`lib
o`tadigan bu galgi musobaqa ham o`g`il-qizlarimizga unutilmas onlarni
tuhfa etishi aniq. E'tiborli jihati, keyingi yillarda nufuzli
bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarning
aksariyati uch bosqchli sport o`yinlarida ilk bor g`oliblik nashidasini
surgan yoshlardir.
Navoiy viloyati: Qiziqarli musobaqalar arafasida

Hademay
Navoiy shahrida "Umid nihollari - 2012" sport o`yinlarining respublika
bosqichi boshlanadi. Bugun nafaqat viloyat ahli, balki
barcha yurtdoshlarimiz yoshlarning ana shu betakror bayramini katta hayajon va
sabrsizlik bilan kutmoqda. Chunki Prezidentimiz tashabbusi bilan yo`lga
qo`yilgan uch bosqichli musobaqalar tizimi doimo qiziqarli bahslarga boyligi,
unutilmas lahzalarni tuhfa etib, yangi iste'dodlarni kashf qilishi bilan ham
barchaning diqqat-e'tiborini o`ziga jalb etib keladi.
Yong`in amaliy sporti bo`yicha chempionat

Yong`in amaliy sporti bo`yicha chempionat
o`smirlar o`rtasida II - O`zbekiston
Chempionati bo`lib o`tdi.
Biz kashf etgan iste`dod egalari
Aziza Mamajanova
2006-yil Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahrida bo`lib
o`tgan "Umid nihollari - 2006" sport musobaqalari g`olibi.
Nafosat jozibasi

Sirdaryo tumanida yashovchi
Xumora Sayfuddinova to`qqiz yoshda. Onasi "Qizim sog`lom va sarvqomat bo`lib
o`ssin", deya uni uch yil oldin sportning badiiy gimnastika seksiyasiga
olib borgan edi.Shundan buyon mashg`ulotlarga muntazam va sidqidildan qatnashayotgan
Xumoraning mahorati kundan-kunga ortib bordi.
Intilish va samara

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportini
rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor navqiron avlodning har
tomonlama sog‘lom kamol topishida muhim omil bo‘lmoqda. Joylarda qad
rostlagan zamonaviy sport inshootlarida muntazam sport bilan
shug‘ullanuvchilar safi tobora kengayib borayotir. Ular orasida
sportchi-qizlarning ko‘pligi yanada quvonarli.
Yosh avlod salomatligi yo‘lida
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan bolalar sportini
ommalashtirish, o‘smirlarning sport seksiyalari, o‘yin maydonchalari,
zallar, suzish havzalaridan keng foydalanishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Badiiy gimnastikada salomatlik va go`zallik mujassamdir

Ma’nan yetuk va jismonan sog‘lom avlodni
voyaga yetkazishda sportning o‘rni beqiyos ekanligi barchamizga
yaxshi ma’lum. Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy
etilgan bolalar sportini rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar
natijasi o‘laroq, mamlakatimizda nafaqat sport infratuzilmasi
mustahkamlanmoqda, balki Vatanimiz sharafini xalqaro maydonlarda
munosib himoya etadigan sportchilarning kamoloti ta’minlanyapti.
Barkamollik sari qadamlar

Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O`
zbekiston Bolalar sportini
rivojlantirish jamg`
armasi
yoshlarni sportga jalb etish borasida keng ko`lamli ishlarni amalga oshirmoq
da.
Bo`lajak chempionlar maktabi

"Umid nihollari" sport musobaqlarining
respublika final o`yinlari boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Ana shu
musobaqaning final uchrashuvlarida o`z imkoniyatimni sinab ko`rish baxtiga erishganimdan
juda xursandman. Men bu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko`rib, viloyat bosqichida
belbog`li kurash bo`yicha 1-o`rinni egalladim, - deydi hayajon bilan Nurota
tumanidagi 13-bolalar va o`smirlar sport maktabi shug`ullanuvchisi Mamarajab
Rahmatov.