"Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizning ham jismoniy, ham ma’naviy jixatdan sog‘lom va barkamol qilib o’stirish, ularning baxtu-saodati, farovon kelajagini qurish, dunyoda xech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi"

I. A. Karimov

Sportchilarimizning yangi yutuqlari

Guanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida taekvondo WTF bo‘yicha mamlakatimiz chempioni Dmitriy Kim kumush medalni qo‘lga kiritdi. Vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar bahsida ishtirok etgan 21 yoshli sportchimiz kuvaytlik Sulton Al-Mutairiyni 6:5, qozog‘istonlik Aybar Dussenboyevni 4:3, qatarlik Mohir Ahmad Saadni 7:6, vyetnamlik Tam Txan Duongni 5:1 hisobida yengdi va musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi

18.11.2010 | Batafsil


Sportchilarimizning oltin medallari

Xitoyning Guanchjou shahrida davom etayotgan XVI Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasi g‘aznasiga birinchi oltin medalni dzyudo bo‘yicha jahon chempioni Rishod Sobirov keltirdi. Oltmish kilogramm vazn toifasida xalqaro dzyudo federatsiyasi reytingida yetakchilik qilayotgan Rishod Sobirov final uchrashuviga qadar vyetnamlik Tong Nat Nuyen, makaolik Kin Vai Vong, hindistonlik Navjot Chana, Pekin Olimpiadasi chempioni Choy Min Xo (Janubiy Koreya) ustidan g‘alaba qozondi.

17.11.2010 | Batafsil


Sportchilarimizning zafarli odimlari

Guanchjou shahri mezbonlik qilayotgan XVI yozgi Osiyo o‘yinlari o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Musobaqada qatnashayotgan dzyudochilarimizdan Mirzohid Farmonov kumush va Navro‘z Jo‘raqobilov bronza medalga sazovor bo‘ldi.

17.11.2010 | Batafsil


Guanchjoudagi dastlabki medallar

Xitoyning Guanchjou shahrida davom etayotgan XVI Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan atletlarimiz dzyudo, sport gimnastikasi va o‘q otish bo‘yicha dastlabki medallarni qo‘lga kiritdi.

17.11.2010 | Batafsil


Osiyo o‘yinlari boshlandi

           Xitoyning Guanchjou shahrida XVI yozgi Osiyo o‘yinlari boshlandi. O‘yinlarda qit’amizning qirq beshta mamlakatidan o‘n ming nafardan ziyod atlet sportning 42 turi bo‘yicha 476 medallar jamlanmasi uchun o‘zaro bellashadi.

15.11.2010 | Batafsil


Jahon chempionlari – Toshkentda

02.11.2010 | Batafsil


Yoshlar sport majmuasi barpo etilmoqda
Yurtimizda sportni, xususan bolalar sportini rivojlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, barkamol avlod tarbiyasi bilan bog‘liq izchil islohotlarning muhim yo‘nalishlaridandir.

15.07.2010 | Batafsil


Yosh futbolchilarimiz g‘alabasi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi shu yilning 3-17 oktabr kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining “V” guruhida Iroq, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Bahrayn futbolchilari bilan raqobatlashadi. Bo‘lajak uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan futbolchilarimiz navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Avstriyada o‘tkazmoqda.

15.07.2010 | Batafsil



Get the Flash Player to see this player.